Kasallik mohiyati
Sut bezi saratoni — sut bezi to‘qimasidan rivojlanadigan yomon sifatli o‘sma. U butun dunyoda uchraydi; taxminan 0,5–1% holatlar erkaklarda bo‘lishi mumkin.
VOZ ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda sut bezi saratoni dunyoda qariyb 670 000 o‘limga sabab bo‘lgan.
Nima uchun ILBOZAMED
ILBOZAMED (Toshkent) yondashuvi:
- biopsiya bilan aniq tasdiq (morfologiyasiz “davolash” qilinmaydi);
- stadiyalash va xalqaro klinik mantiqqa tayangan davolash rejasi;
- o‘sma biologiyasiga qarab tanlash: ER/PR/HER2 (zarurat bo‘lsa Ki-67) natijalari davolashni rejalashda asosiy rol o‘ynaydi.
- bemor yo‘lini koordinator boshqaradi, xavfsizlik nazorati doimiy.
Alomatlar
Ko‘proq uchraydigan belgilar:
- ko‘krakda yoki qo‘ltiq ostida tugun/qatqaloqlik;
- terida tortilish, “limon po‘sti”ga o‘xshash o‘zgarishlar, shaklning o‘zgarishi;
- so‘rg‘ichdan ajralma (ayniqsa qonli);
- bir tomonda uzoq davom etuvchi noqulaylik.
- Xavf omillariyosh va jins;
- irsiy omillar (BRCA1/BRCA2) xavfni sezilarli oshiradi.
- spirtli ichimliklar va ortiqcha vazn xavfni oshirishi haqida ACS aniq yozadi.
- Skrining (o‘rtacha xavf uchun)USPSTF (2024): 40–74 yoshda har 2 yilda mammografiya.
- ACS: 40–44 — xohlasa yiliga; 45–54 — yiliga; 55+ — 2 yilda 1 marta yoki yiliga.
Yuqori xavf guruhida skrining individual tanlanadi.
- Tashxismammografiya/UZI (zarurat bo‘lsa MRT);
- biopsiya — hal qiluvchi bosqich;
- ER/PR/HER2 (va ko‘pincha Ki-67) — davolashni rejalash uchun.
Davolash NCI manbalariga ko‘ra davolash ko‘pincha jarrohlik, nurlanish, kimyoterapiya, gormonoterapiya va boshqa tizimli yondashuvlar kombinatsiyasidan iborat bo‘ladi — tanlov bosqich va biomarkerlarga bog‘liq.