Kasallik mohiyati
Prostata saratoni ko‘pincha sekin rivojlanadi va erta bosqichda alomat bermasligi mumkin. Shu sabab asosiy vazifa — to‘g‘ri tashxis qo‘yish va xavf darajasini aniq baholash (kimga faol davolash kerak, kimga xavfsiz kuzatuv mumkin).
GLOBOCAN baholariga ko‘ra, 2022 yilda dunyoda prostata saratoni bo‘yicha taxminan
1,5 mln yangi holat va
397 mingga yaqin o‘lim qayd etilgan.
Alomatlar
Erta bosqichda ko‘pincha alomat bo‘lmaydi. Kasallik rivojlanganda:
- siyish bilan bog‘liq muammolar (tez-tez, kechasi, oqim kuchsiz, boshlash qiyin);
- siydikda yoki urug‘ suyuqligida qon;
- suyaklarda/belda/chanoqda og‘riq, vazn yo‘qotish (ko‘proq tarqalgan bosqichlarda).
TashxisAmaliy “yadro”:
- PSA — foydali marker, lekin aniq faqat saratonga xos emas: BPH va prostatit ham PSAni oshirishi mumkin, natija klinik kontekstda baholanadi.
- Prostata MRT (ko‘rsatma bo‘lsa) — shubhali o‘choqlarni aniqlash va biopsiyani rejalash uchun.
- Biopsiya — tashxisni tasdiqlaydigan hal qiluvchi bosqich (morfologiya).
PSA skriningi: foyda va zarar balansi USPSTF: 55–69 yoshda PSA skriningi individual qaror; 70+ yoshda rутин PSA skriningi tavsiya etilmaydi.
NCI: PSA/DRE skriningi ba’zi sekin o‘suvchi o‘smalarni “ortiqcha topish”ga olib kelishi, natijada ortiqcha davolash xavfini oshirishi mumkin.
Davolash
Davolash bosqich va xavf guruhiga bog‘liq. Variantlar:
- faol kuzatuv / kutish taktikasi;
- jarrohlik yoki nurlanish;
- gormonoterapiya (androgen deprivasiyasi);
- tarqalgan holatlarda tizimli davolash kombinatsiyalari va suyak metastazlarida simptom nazorati.
ILBOZAMED yondashuvi
ILBOZAMED modeli:
- tezkor, tartibli tashxis yo‘li (PSA → aniqlashtirish → morfologiya → stadiyalash);
- “xavf bo‘yicha” individual taktika;
- klinikada tizimli davolash va xavfsizlik nazorati;
- jarrohlik va/yoki nurlanish bosqichi kerak bo‘lsa, profil markazlarga yo‘naltirish va reja ustidan boshqaruvni saqlash.