SUT BEZLARI ONKOLOGIK KASALLIKLARI
Sut bezi saratoni – keng tarqalgan ayollar onkologik kasalligi bo‘lib, uni davolash taktikasi har bir bemor uchun yakka tartibda puxtalik bilan tanlanishi kerak. Shifokorlar onkologiya sohasidagi muvaffaqiyatli tadqiqotlar haqida gapirganda, aynan sut bezi saratonini davolashdan misollar keltirishadi – so‘nggi yillarda bunday tashhis qo‘yilgan bemorlarda besh yil umr ko‘rish darajasiva to‘liq remissiya foizi ancha oshgan.
KO‘KRAK BEZI SARATONINING BOSQICHLARIOnkologik kasalliklarni bosqichlarga ajratish umumqabul qilingan TNM tibbiyot tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bemorlarga qulaylik uchun kasallikning rivojlanish davri to‘rt bosqichga bo‘linadi - birinchi bosqichdan, bu bosqichda kasallik endigina rivojlanishni boshlagan bo‘ladi, to‘rtinchi bosqichgacha, bunda o‘simta katta hajmgacha o‘sib, boshqa a’zolarga metastaz bergan bo‘ladi.
TNM tizimida ushbu to‘rt bosqich yana qo‘shimcha kichik bosqichlarga bo‘linadi, raqam-harfli belgilash esa tibbiy hujjatlarni yuritishni osonlashtiradi.
Agar soddaroq tasnifdan foydalansak, ko‘krak bezi saratonining bosqichlari quyidagicha belgilanadi: 0 bosqich-“o‘simta joyida”, ya’ni o‘simta haliboshqa to‘qimalarga o‘tishga ulgurmagan va metastaz bermagan.
1-bosqich – o‘simta 2 sm.dan oshmagan. O‘simta hali ko‘krakdan tashqariga tarqalmagan, lekin kichkina o‘choqlarni yaqin atrofdagi limfatugunlarida aniqlash mumkin.
2-bosqich - o‘simta 5 sm.dan oshmagan, lekin tezlik bilan regionar limfa tugunlariga tarqaladigan.
3-bosqich - o‘simta qo‘ltiqosti va ko‘krak ichidagi limfa tugunlariga tarqaladi va ko‘krak qafasi devorlariga o‘sib kirib,teriga ham tarqalishni boshlaydi.
4-bosqich - o‘simtaning metastazlari jigarda, suyaklarda, bosh miyada va boshqa a’zolarda aniqlanadi.
KO‘KRAK BEZI SARATONINI BOSQICHGA QARAB DAVOLASHKasallikning birinchidan to uchinchi bosqichigacha bo‘lgan davrda turli davolash usullari, monoterapiyadan boshlab, turlicha birlashtirilgan sxemalar bo‘yicha davolash samarali bo‘ladi. Jarrohlik yo‘li bilan davolanadigan ko‘krak bezi saratonida organlarni saqlab qoluvchi jarrohlik amaliyoti ham, to‘liq va qisman mastoektomiya ham qo‘llaniladi. Shuningdek, ko‘krak bezi saratonida yaxshi samara beradigan kimyo terapiya, gormonlarga bog‘liq shakllarda yordam beradigan hamda o‘simtaning rivojlanishini nolinchi va birinchi bosqichga tushiradigan gormonal terapiya, kasallikning hattoki so‘nggi bosqichlarida ham o‘simtaning o‘sishini kamaytiradigan targetli terapiya qo‘llaniladi.
Agar kasallikning metastazlar aniqlangan to‘rtinchi bosqichida davolashga urinishlarga bemorning holati imkon bersa, radikal kimyo terapiyasi qo‘llanadi. Agar butunlay sog‘ayishning imkoni bo‘lmasa ,palliativ kimyo terapiyasi o‘simtaning o‘sishini va rivojlanishini ancha kechiktiradi, bu esa bemorning umrini uzaytirishga yordam beradi.
DAVOLASH USULLARIKo‘krak bezi saratonida davolash usullarining ko‘p turlari samara beradi – asosiysi, davolash preparatlarining sxemasini to‘g‘ri tanlash yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ko‘rsatmalarni aniqlash. Hozirgi vaqtda organizmning u yoki bu kimyo terapiyasi preparatlariga sezuvchanligini aniqlash uchun molekulyar tahlillar topshirish mumkin - bu tahlil natijasiga qarab shifokor davolash rejasini tanlay oladi, bu esa, o‘z navbatida, bemorning kasallikdan tuzalish imkoniyatlarini oshiradi.
Bizning klinikada kimyo terapiyasi, targetli davolash, immunoterapiya va aralash davolash sxemalari qo‘llaniladi. Biz davolash jarayonida har xil asoratlarning oldini olish va terapiyaning yoqimsiz og‘riqlarini kamaytirish uchun faqatgina original va sifatli preparatlardan foydalanamiz.
Ko‘krak bezi saratonini davolashning ikkita samarali va eng ko‘p tarqalgan usullari mavjud - bu kimyo terapiyasi va gormonal terapiya. Davolash uslubi, birinchi navbatda, o‘simtaning morfologik tavsifi, ya’ni saraton hujayralarida dorilar bilan o‘zaro ta’sirlanadigan reseptorlarning miqdoriga qarab aniqlanadi. Shuningdek, o‘simtaning molekulyar –genetik kichik turi aniqlanadi va unga qarab, gormonal reseptorlar bo‘lmasa yoki miqdori kam bo‘lsa, bemorga kimyo terapiyasi tayinlanadi.
Onkologning qabuliga yozilish va saratonni davolash haqida ko‘proq axborot olish uchun qayta qo‘ng‘iroq shaklini to‘ldiring.
KO‘KRAK BEZI SARATONIDA KIMYO TERAPIYASIKimyoterapiyasi ko‘krak bezi saratonining har qanday bosqichida eng samarali davolash usuli bo‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy tibbiyotning faxri hisoblangan kimyoterapiyasi - ayniqsa ko‘krakbezi saratonida katta natijalar bermoqda. Onkologik kasalliklarni davolash jarayonida vaqt bilan sinalgan preparatlarni qo‘llash barobarida, bemor ayollardagi o‘simta to‘qimalarining individual xususiyatlarini hisobga oladigan yangilangan dori vositalaridan ham foydalaniladi. Sitostatik guruhga kiruvchi kimyo preparatlari saraton hujayralariningbo‘linish jarayonini izdan chiqaradi, saraton hujayralarining parchalanishi va uning apoptozini keltirib chiqaradi. Kimyo terapiyasini qo‘llaganda saraton hujayralarining dorilarga yuqori ta’sirchanligi va o‘simtaning metastaz berishi darajasining pasayishi, hattoki kasallikning so‘nggi bosqichlarida ham bemorning hayotini uzaytirishga imkoniyat beradi.
Ko‘krak bezi saratonida qo‘llanadigan kimyo terapiyasi profilaktik va davolovchi turlarga bo‘linadi.
- Profilaktik terapiya dori-darmonli va jarrohlik yo‘li bilan davolashning birinchi qatori tugagandan so‘ng tayinlanadi. Uning vazifasi – cho‘kib qolgan saraton hujayralarini yo‘qotish va metastazning oldini olish.
- Davolovchi - to‘rtinchi bosqich va jarrohlik amaliyotini qo‘llab bo‘lmaydigan saraton turida metastazlarning oldini olish uchun qo‘llaniladi.
DORI PREPARATLARINING ASOSIY KOMBINATSIYALARIKo‘krak saratoni turli sitostatik preparatlarga yuqori ta’sirchan, lekin eng samarali ta’sirga ega bo‘lgan dori vositasi bu - paklitaksel yoki dosetakselning antrasiklin qatoridagi preparatlar bilan birikmasi hisoblanadi. Paklitaksel va dosetaksel hujayra mikronaychalari to‘plamlarini hosil qiladi va ularning bo‘linish jarayonini buzadi.
KO‘KRAK SARATONIDA KIMYO TERAPIYASINING SAMARADORLIGIO‘tkazilgan davolash kursining foydasini o‘simta hajmining kichrayganiga qarab baholash mumkin, u qisqa kursdan keyin kamida bir oy davomida kattalashmasligi kerak. Qisqa terapiya kurslari o‘rtasida o‘tkaziladigan aniqroq nazorat tekshiruvida quyidagilar baholanadi:
- O‘simta hajmining kichrayishi yoki vizual ko‘rinmasligi.
- Onkologik jarayonning barqarorlashuvi.
- Davolash davomida o‘simta o‘choqlarining kamayishi.
Ko‘krak bezi saratonining metastatik turida kimyo terapiyasi samarali usul bo‘lib,antrasiklin va taksan preparatlari qo‘llanadi.Kimyo immunoterapiyada esa yuqorida aytilgan paklitaksel albumin va atezolizumab bilan qo‘shib ishlatiladi. Kimyo terapiyasi yordamida suyak metastazlari yo‘q qilinganda kasallik regressiyasini baholashda davolash davomiyligini hisobga olish muhim. Suyakto‘qimasi juda sekin qayta tiklanadi, shuning uchun kimyoterapiyaning ta’siri bir necha oy davomida sezilmasligi mumkin.
GORMONAL TERAPIYAGormonal terapiyani o‘simta rivojlanishining boshlang‘ich davrida tayinlanishi mumkin.Sut bezidagi yomon sifatli hujayralarning o‘sishi 60-70 foiz hollarda hosila gormonlarga bog‘liq bo‘ladi. Agar saraton hujayralarida estrogen va progesteronga reseptorlar bo‘lsa, ular gormonal terapiyaga ta’sirchan bo‘ladi. To‘g‘ri tanlangan endokrin preparatlari yomon sifatli o‘simtaning o‘sish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, gormonal terapiya remissiyadagi bemorlarda kasallik qaytalanganda hamda metastazlar hosil bo‘lganda tayinlanadi.
Targetli terapiyaTargetli preparatlar saraton hujayralarining signal yo‘llariga va ular ozuqa moddalarini qabul qiladigan qon tomirlari to‘rigata’sir ko‘rsatadi. Agar sitologik tyekshiruvlar yordamida sut bezi saratoni hujayralarining nima bilan va qayerda ozuqalanishini aniqlashga muvaffaq bo‘lsa, to‘g‘ri tanlangan targetli dori vositalari o‘simtaga ozuqa moddalarining yetib kelishini to‘sib qo‘yishi mumkin. Bu o‘simta va uning metastazlarining o‘sishi jarayonini to‘xtatadi hamda kimyo terapiyasining samarasini kuchaytiradi, agar davolash aralash bo‘lsa. Targetli terapiyaning yaxshi tomonidan yana biri bu og‘riqli nojo‘ya ta’sirning umuman yo‘qligi, bu esa uni og‘ir va holsizlanib qolgan bemorlarga ham qo‘llash imkonini beradi.
QANDAY QILIB KO‘KRAK BEZI SARATONI INSON HAYOTIGA TA’SIR QILADI?Ko‘krakbezi saratonidan davolanayotgan bemor ayollarning turmush sifati shifokorlarimiz uchun alohida ustuvorlikka ega. Biz sizga terapiyadan qanday natija kutish mumkinligi haqidagi haqqoniy ma’lumotlar bilan tanishtiramiz. Bizning markaz mutaxassislari sizni davolanish jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlashga yordam berishga tayyor. Biz nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish va kasallikning yomon oqibatlarini oldini olish maqsadida eng maqbul terapiyani tanlaymiz. Sizning davolovchi shifokoringiz albatta sizga terapiya tanlayotganida siz bilan suhbatlashadi hamda ko‘krak saratoni bilan kurashish sizning shaxsiy hayotingizga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun barcha choralarni qo‘llaydi.
KO‘KRAK BEZI SARATONIDA XALQ TABOBATI YORDAM BERADIMI?Albatta,yo‘q. Xalq tabobati organizmning zaharlanishiga qarshi kurashishga yordam beradigan samaraga ega bo‘lishi yoki tananing umumiy holatini yaxshilashi mumkin, xuddi BQMlar singari – ammo bunday vositalardan ko‘krak bezi saratonida faqatgina davolovchi shifokor ruxsati bilan foydalanish mumkin.
Ko‘krak bezi saratonini davolashning yagona yo‘li yoki turg‘un remissiyaga chiqishning birgina chorasi – bu onkologik klinikaga o‘z vaqtida murojaat qilish va kechiktirmasdan davolashni boshlash.
”ILVOZA” KLINIKASIDA DAVOLANISH”ILBOZA”klinik onkologiya markazi faqatgina rasmiy tavsiyalarga asoslangan va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashda erishilgan eng so‘nggi yutuqlarga mos keladigan davolash usullarini taklif etadi.
Biz ko‘krak bezi saratonining kimyo terapiyasi va boshqa noinvaziv davolash usullariga ixtisoslashgan bo‘lib, bemorlarimiz bilan birgalikda yaxshi natijalarga erishamiz.
Bizning onkolog mutaxassislarimizga murojaat qilib, siz aniq tashhis va davoning aniq rejasini olasiz, bundan tashqari, butun davolash jarayonida biz sizni psixologik qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning yondashuvimizning o‘ziga xosligi – bemor organizmi holatini to‘liq tahlil qilish va ushbu ma’lumotlardan foydalanib kasallikni davolash.
Biz terapiya kurslarini o‘tkazish uchun qulay zamonaviy stasionar, bemorlar uchun uyda maslahatlar xizmatini taklif qilamiz. Biz siz haqingizda kechayu-kunduz, dam olish va bayramlarsiz qayg‘uramiz.
Bizning shifokor-onkologlarimiz, terapevtlarimiz, klinik tyekshiruvlarni o‘tkazuvchi mutaxassislarimiz – ravishda o‘z malakalarini muntazam oshiradilar. Klinikamiz ma’muriyati esa ularga ko‘krak bezi saratoni kabi keng tarqalgan xastalikni davolash uchun kerak bo‘ladigan barcha zamonaviy uskunalarni yetkazib turadi. Bizga murojaat qilish bilan siz nafaqat har qanday onkologik kasallikni eng zamonaviy usullar bilan davolashni olasiz, balki sifatli tibbiy xizmat, qulay shart –sharoitlar, e’tiborli va shirinso‘z tibbiyot xodimlari xizmatidan bahramand bo‘lasiz – biz har bir bemorimizga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga, stress omilini kamaytirishga hamda mehr va e’tiborli bo‘lishga harakat qilamiz.
ОНКОЛОГИЧЕСКИЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ МОЛОЧНЫХ ЖЕЛЕЗ
Рак молочной железы является распространенным онкологическим заболеванием среди женщин, и его лечение должно быть тщательно адаптировано к каждой пациентке индивидуально. Лечение рака молочной железы часто упоминается врачами как пример прорывных исследований в области онкологии — за последние годы значительно увеличилась пятилетняя выживаемость и процент полной ремиссии у пациенток с этим диагнозом.
СТАДИИ РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ
Стадирование онкологических заболеваний осуществляется по общепринятой медицинской системе TNM.
Для удобства пациентов прогресс заболевания делят на четыре стадии — от первой, на которой рак только начинает свое развитие, и до четвертой, когда опухоль вырастает до больших размеров и дает метастазы в другие органы.
В системе TNM четыре стадии разделяются на дополнительные подстадии, а цифро-буквенная запись облегчает ведение медицинской документации.
Если же воспользоваться упрощенной классификацией, для рака груди стадии определяются следующим образом:
Стадия 0 — «рак на месте». Опухоль не распространяется в соседние ткани и не дает метастазов.
Стадия 1 — опухоль размерами не более 2 см. Образование не прорастает за пределы молочной железы, но небольшие очаги могут быть обнаружены в ближайших лимфоузлах.
Стадия 2 — опухоль не превышает 5 см размере и более агрессивно распространяется в регионарные лимфоузлы.
Стадия 3 — опухоль распространяется в подмышечные и внутригрудные лимфоузлы, прорастает в стенку грудной клетки, в кожу.
Стадия 4 — определяется наличием отдаленных метастазов в печени, костях, головном мозге и других органах.
Лечение рака молочной железы в зависимости от стадии
На стадиях от первой до третьей эффективны различные методы лечения, как монотерапии, так и комбинированные схемы. При операбельном раке груди проводятся как органосохраняющие хирургические вмешательства, так и полная или частичная мастэктомия. Также применяются химиотерапия, которая очень эффективна при раке груди; гормональная терапия, хорошо действующая на гормонозависимые формы рака и на образования нулевой и первой стадий; таргетная терапия, позволяющая замедлить рост разрастающейся опухоли даже на поздних стадиях.
Если на четвертой стадии, когда обнаружены метастазы, состояние пациентки позволяет продолжить попытки лечения, применяется радикальная химиотерапия. Если шансов на полное излечение нет, паллиативная химиотерапия позволяет значительно замедлить рост и развитие опухоли, ощутимо продлевая жизнь пациентки.
МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ
При раке молочной железы эффективны многие виды лечения — очень важно подобрать правильную схему препаратов или достоверно определить показания к оперативному вмешательству. Сейчас также можно сдать молекулярный анализ на чувствительность к препаратам химиотерапии — используя эти данные, врач сможет подобрать план, значительно повышающий шансы на выздоровление.
В нашей клинике проводится химиотерапия, таргетное лечение и иммунотерапия, а также применяются комбинированные схемы лечения. Мы используем только оригинальные и качественные препараты, что существенно снижает болезненность неприятных побочных эффектов терапии и минимизирует риск возникновения осложнений в процессе лечения.
При раке молочных желез есть два самых распространённых и эффективных метода лечения — химиотерапия и гормональная терапия. Выбор лечения основывается в первую очередь на морфологических характеристиках опухоли — содержании в раковых клетках рецепторов, взаимодействующих с лекарствами. Определяется молекулярно-генетический подтип опухоли, и, в случае отсутствия или малого числа гормональных рецепторов в клетках опухоли, назначается химиотерапия.
Чтобы записаться на прием к онкологу и узнать больше о лечении рака, заполните форму на обратный звонок.
Химиотерапия рака молочной железы
Химиотерапия является самым эффективным методом лечения при раке молочной железы на любой стадии заболевания.
Постоянно повышающаяся эффективность химиотерапии при раке молочных желез — гордость современного медицинского сообщества. При лечении онкологических заболеваний груди применяется широкий спектр как проверенных временем препаратов, так и их обновленных версий, создаваемых с учетом индивидуальных характеристик раковых клеток пациенток. Химиопрепараты цитостатической группы нарушают процесс клеточного деления раковой опухоли, вызывая разрушение и апоптоз раковых клеток. Высокая чувствительность раковых клеток к лекарствам и стабильное снижение частоты метастазирования опухолей при применении химиотерапии приводят к возможности значительно продлить жизнь больной даже на поздней стадии заболевания.
Химиотерапия при раке груди делится на профилактическую и лечебную.
- Профилактическая терапия назначается после завершения первой линии лекарственного и хирургического лечения заболевания. Ее задача — уничтожение осевших в крови раковых клеток и предотвращение развития метастазов.
- Лечебная — применяется при борьбе с метастазами и для лечения неоперабельного рака четвертой стадии.
Основные комбинации препаратов
Рак молочной железы хорошо реагирует на различные цитостатики, но самыми действенными и оптимальными по соотношению результата и токсического эффекта считаются комбинации паклитаксела либо доцетаксела с препаратами антрациклинового ряда. Паклитаксел и доцетаксел образовывают связки микротрубочек клеток, нарушая таким образом процесс их деления.
Эффективность химиотерапии при раке молочной железы
Пользу проведенного лечения оценивают по уменьшению объема опухоли, который не должен повышаться за период менее месяца после короткого курса. Более подробное контрольное обследование, проводимое между несколькими короткими курсами терапии, оценивает:
- Уменьшение объема опухоли или отсутствие ее визуального определения.
- Стабилизацию онкологического процесса.
- Уменьшение опухолевых очагов на фоне лечения.
Химиотерапия эффективна при метастатическом раке молочной железы — используются антрациклиновые и таксановые препараты. Для химиоиммунотерапии применяется сочетание упомянутого выше паклитаксела с альбумином и атезолизумабом. При уничтожении с помощью химиотерапии костных метастазов для оценки регрессии заболевания учитывают продолжительность лечения. Костная ткань заживает очень медленно, и эффект химиотерапии может быть незаметен в течении нескольких месяцев.
Гормональная терапия
Гормональная терапия может быть назначена на ранних стадиях развития опухоли. Рост злокачественных клеток в молочной железе зависит от производных гормонов в 60-70 % случаев. Если раковые клетки имеют рецепторы к эстрогенам и прогестерону, они будут восприимчивы к гормональной терапии. Правильно подобранные эндокринные препараты могут существенно замедлить рост злокачественного образования. Гормональная терапия также назначается при рецидивах заболевания у пациенток в ремиссии и образовании метастазов на поздних стадиях рака.
Таргетная терапия
Таргетные препараты действуют на сигнальные пути раковых клеток и на сосудистую сеть, через которую те получают питательные вещества. Если с помощью цитологического исследования удается выяснить, где и чем питаются раковые клетки опухоли молочной железы, правильно подобранные таргетные препараты могут блокировать поступление питательных веществ к опухоли. Это остановит рост образования и его метастазов, а также усилит эффект химиотерапии, если лечение является комбинированным. Отдельным плюсом таргетной терапии является практически полное отсутствие болезненных побочных эффектов, что позволяет применять ее даже при лечении тяжелых и ослабленных пациентов.
КАК ЛЕЧЕНИЕ РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ ВЛИЯЕТ НА ЖИЗНЬ?
Качество жизни пациенток, проходящих лечение рака груди, всегда имеет особый приоритет для наших врачей. Мы поможем вам ознакомится с достоверной информацией и расскажем, чего ожидать от терапии. Специалисты нашего центра готовы оказать вам психологическую поддержку в процессе лечения. Мы старательно подбираем терапию, стараясь свести к минимуму побочный эффект и устранить последствия болезни. Лечащий врач будет готов выслушать вас при подборе терапии, и сделает все, чтобы борьба с раком груди и победа над ним не сказалась на вашей личной жизни.
Помогают ли народные методы лечения при раке молочной железы?
Разумеется, нет. Народные средства могут обладать эффектами, помогающими бороться с интоксикацией организма или улучшать общее состояние пациентки, как и БАДы — но их прием при раке груди возможен только после разрешения лечащего врача.
Единственный шанс вылечить рак груди или выйти в стабильную ремиссию — своевременное обращение в онкологическую клинику и прохождение лечения.
ЛЕЧЕНИЕ В КЛИНИКЕ «ILBOZA»
Клинический центр онкологии «ILBOZA» предлагает только лечение, соответствующее официальным рекомендациям и последнему слову в области борьбы с онкологическими заболеваниями молочных желез.
Мы специализируемся на химиотерапии и других неинвазивных методах лечения рака груди, и добиваемся результатов вместе с нашими пациентками.
Обратившись к нашим онкологам, вы получите точную диагностику и подробный план лечения заболевания, а также возможность получения психологической поддержки в ходе лечения. Уникальность нашего подхода — в полноте анализа состояния всего организма каждого пациента, и лечении заболевания с учетом этих данных.
Мы предлагаем комфортабельный стационар для проведения курсов терапии и консультацию на дому для пациентов, заботимся о вас круглосуточно, без выходных и праздников.
Наши врачи — онкологи, терапевты, специалисты, проводящие клинические исследования — постоянно повышают свою квалификацию, а администрация клиники предоставляет им только новейшее и качественное оборудование для борьбы с таким распространенным заболеванием, как рак молочной железы. Обратившись к нам, вы получите не только эффективное лечение любого онкологического заболевания но исключительно внимательное и гуманное отношение персонала и комфортные условия — мы стремимся оказать качественную медицинскую помощь, снизить стрессовый фактор при лечении и окружить каждого пациента заботой и вниманием.