Kasallik mohiyati
Buyrak saratonining eng ko‘p uchraydigan turi —
buyrak hujayrali saraton (RCC). GLOBOCAN 2022 bahosi: 2022 yilda dunyoda
434 840 yangi holat va
155 953 o‘lim.
Alomatlar
Ko‘p holatda tasodifan UZI/KTda topiladi. Belgilar bo‘lsa:
- siydikda qon
- bir tomonda bel/bok og‘rig‘i
- bok yoki belda “massa/shish”
- uzoq davom etadigan isitma, holsizlik, ishtaha pasayishi, vazn yo‘qotish, kamqonlik
Xavf omillarichekish
- semizlik
- qon bosimining yuqoriligi (gipertoniya)
- ayrim og‘riq qoldiruvchi dorilarni uzoq qabul qilish
- irsiy holatlar, uzoq davom etuvchi buyrak kasalligi va boshqalar
Skrining
O‘rtacha xavfdagi aholida buyuriladigan skrining testi yo‘q; ayrim yuqori xavf guruhlarida (irsiy sindromlar, uzoq muddatli dializ) kuzatuv ko‘rib chiqiladi.
Tashxis
UZI → KT/MRT (ko‘pincha kontrast bilan) va stadiyalash; biopsiya zarurat bo‘lsa, ba’zan esa tasviriy tekshiruvlar yetarli bo‘lib, biopsiyasiz qaror qilinadi.
Davolash
- Jarrohlik: qisman nefroektomiya yoki radikal nefroektomiya
- Zaruratga ko‘ra: ablyatsiya, nurlanish (ko‘proq simptom nazorati)
- Tarqalgan holatlarda: target va immunoterapiya (kombinatsiyalar), ayrim holatlarda operatsiyadan keyingi qo‘shimcha davolash
Ma’lumot axborot maqsadida berilgan. Individual tashxis va davolash rejasi shifokor ko‘rigidan so‘ng belgilanadi.